Adliya vazirligi ishchi guruhi Sirdaryoda
2025-01-27 16:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Vazirlikning vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimlari masʼullari ishtirokida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ishlarni tizimli tashkil etish masalalarida amaliy seminar oʻtkazildi.
Tadbirda har bir soha boʻyicha faoliyat koʻrsatkichlari (KPI)ga erishish samaradorligini oshirish, ijro va mehnat intizomini yanada kuchaytirish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, ularning kasbiga boʻlgan sadoqatini va adliya qadriyatlariga boʻlgan hurmat hissini yanada oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Seminarning asosiy maqsadi faoliyat koʻrsatkichlarini “Sirdaryo tajribasi” asosida tahlil qilish va strategik rejalashtirish, 2025-yil uchun koʻrsatkichlarning nominal mezonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish hisoblanadi.