Sirdaryoda davlat xizmatlari markazlari uchun amaliy seminar tashkil etildi
2025-01-27 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Hozirda davlat xizmatlari markazlarida bir kunda oʻrtacha 100 ming fuqaroga xizmat koʻrsatilib kelinmoqda.
Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ortiqcha ovoragarchilikka yoʻl qoʻymaslik va qogʻozbozlikni oldini olish maqsadida “Adliya QR” tizimi ishlab chiqilib, bu orqali fuqarolar ariza berish, uni yuklab olish, elektron hujjatlarni operatorga yuborish hamda uni baholash kabi afzalliklar yaratildi.
Seminarda masʼullarga ushbu qulaylikning ijobiy tomonlari, fuqarolarga faol targʻib qilish va ular tomonidan keng foydalanilishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy koʻrsatmalar berildi.