Noqonuniy xizmat ko‘rsatish belgisidan foydalangan to‘yxona javobgarlikka tortildi
2025-01-24 16:45:00 / Vazirlik yangiliklari
“Xonsaroy Group” MChJning murojaatiga asosan Adliya vazirligi tomonidan “M.N” MChJda belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida “M.N” MChJ tomonidan “Xonsaroy Group” MChJning “Xon Saroy” xizmat ko‘rsatish belgisiga aynan o‘xshash bo‘lgan “Xonsaroy” so‘zidan to‘yxona binosining peshlavhasi hamda ijtimoiy tarmoqda foydalanayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar “M.N” MChJga o‘zganing xizmat ko‘rsatish belgisiga o‘xshash belgidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravar (37 mln. 500 ming so’m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi hamda “Xonsaroy” so‘zi foydalanishdan olib tashlandi.