Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil qilingan oʻquv seminarida nutq soʻzladi
2025-01-24 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 22—24-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va Din ishlari qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari ishtirok etdi.
Bir qator davlat organlari rahbarlari qatorida seminarda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev “Oila mustahkamligini taʼminlashda noqonuniy nikohlarning oldini olish, mediatsiya xizmatini tashkil etish” mavzusida taqdimot qildi. Ta'kidlangandek, bugungi kunda 10 milliondan ortiq oilalar mavjud, yiliga oʻrtacha 280—285 ming yangi oilalar tuziladi. Yangi oilalar tuzilishida yoshlarning ulushi tobora oʻsib bormoqda.
Shuningdek, oilaviy mediatsiya oʻzaro maqbul yechimlarga erishish va munosabatlarda uygʻunlikni saqlashga qaratilgan nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida muhim ahamiyat kasb etishi eʼtirof etildi.