Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat organlari orasida birinchilardan bo‘lib “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan edi.
2024-12-26 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Mazkur standart talabiga asosan, sertifikatni qo‘lga kiritgan tashkilot har uch yilda qayta standartizatsiyadan o‘tkazilishi va qayta sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim.
Shunga ko‘ra, Adliya vazirligida “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standartini yangidan olish bo‘yicha o‘tkazilgan to‘liq tashqi audit natijasiga ko‘ra joriy yil 26 dekabrda Xalqaro “SERT International” tashkiloti tomonidan vazirlikka sertifikat qayta yangi muddatga topshirildi.
Mazkur qayta sertifikatlashtirish tizimi vazirlik faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirish hamda o‘z nufuzini mustahkamlagan holda faoliyatini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish va takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.