Bugun, Adliya vazirligida bir necha yo'nalishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
2024-12-26 15:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vazirligi tizimida jamoaviy hamjihatlik, ahilchilik, ijobiy va sog‘lom muhitni hamda korporativ madaniyatni, shuningdek, xodimlarda adliya qadriyatlariga bo‘lgan sadoqatni va fidoyilikni yanada mustahkamlash, ularga mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘mak bo‘luvchi motivatsion ish sharoitlarini yaratish hamda madaniy xordiq olishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida xodimlar o'rtasida turli nominatsiyalar bo'yicha so'rvnoma o'tkazildi.
Do'stona ruhda bo'lib o'tgan so'rovnoma natijalariga ko'ra g'olib deb topilgan xodimlarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Shuningdek, sport sinovlarining maxsus talablarini bajarganligi uchun Sport vazirligi tomonidan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko'krak nishoni topshirilgan Adliya vazirligi xodimlarini ham taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Adliya vazirligi jamoasi quyidagi hamkasblarini tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!