⚡️Adliya vazirligi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot jihatdan "Ochiqlik indeksi"da birinchi oʻrinni egalladi
2024-12-24 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi 2024-yil uchun ham Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir boʻlishlari darajasini (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) oʻrgandi.
Indeks doirasida Oʻzbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining milliy va xalqaro elektron OAVlardagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.
Reyting koʻrsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan eʼlon qilingan emas, balki ular toʻgʻrisida chop etilgan maqolalar va koʻrishlar soni, shuningdek, tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
2024-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir boʻlishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) monitoringi yakunlariga koʻra Adliya vazirligi 4,09 koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egalladi.