Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va Kriminologiya tadqiqotinstituti oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
2024-12-20 17:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va Kriminologiya tadqiqotinstituti oʻrtasida sud ekspertlik faoliyati sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Memorandumga asosan
➖ilm-fan va texnologiyalar ilgʻor yutuqlaridan kriminologik va sud-ekspertlik faoliyati samaradorligini oshirishdafoydalanish,
➖xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlarini jalb etish,
➖sud-ekspertlik faoliyatini ilmiy jihatdan taʼminlashda uslubiy yordam koʻrsatish asosiy maqsad qilib olindi.
Tomonlar ilmiy hamkorlik dasturlari tuzish, hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirish, ijobiy ish tajribalarini almashish, shu jumladan, oʻzaro amaliyot va maslahatlashuvlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.