Vazir oʻrinbosari “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi
2024-12-20 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Yangiyoʻl tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar va oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, maktabda zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida vazir oʻrinbosari tomonidan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida gapirib, “Huquq sinfi”da zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda huquq fanini chuqurlashtirib oʻrgatish, “Huquqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda faol ishtirok etishga jalb qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.