Asosiy kontentga o'tish

Bugun, 6-dekabr kuni Adliya vazirligida Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

2024-12-06 17:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. “Bosh qomusimiz — eng muhim hujjat qabul qilingan kun biz, huquqshunoslar, uchun oʻziga xos sana. Norasmiy kasb bayrami desa ham boʻladi. Konstitutsiyamiz — bu xalqimiz irodasi, davlatimizning huquqiy asosi va adolatli jamiyat barpo etishga yoʻnaltirilgan qimmatli hujjatdir. Yangilangan Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasiga tayangan holda ishlab chiqilib, uning asosida “Inson qadri uchun” gʻoyasi qaror topgan”, — deya taʼkidladi adliya vaziri.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi. Ular adliya vaziri buyrugʻi bilan taʼsis etilgan “Adliya aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

109

Oxirgi yangilanish: 2024-12-10 19:23:51