Xorazm viloyat adliya boshqarmasida Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi.
2024-11-26 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyatida tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazilib, intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarganlik uchun belgilangan taʼsir choralari yuzasidan tushuntirish berildi.
Shuningdek, qabul davomida oʻz brendiga ega boʻlishni istagan shaxslarning talabnomalarini topshirish boʻyicha sayyor xizmatlar koʻrsatildi.
Tadbir ishtirokchilari kontrafakt mahsulotlar katalogi va tarqatma materiallari bilan taʼminlanib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.