O‘zbekistonda ”Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi
2024-11-25 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekistonda 25-noyabrdan boshlab “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” kampaniyasi boshlanadi. Ushbu global kampaniya jahonning 187 ta mamlakatida oʻtkaziladi.
BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan. 2014-yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” ostida turli tadbirlar oʻtkaziladi.
“Zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” kampaniyasi 10-dekabrga qadar davom etadi.