Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyat adliya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.
2024-11-20 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Dastavval vazir oʻrinbosari Ijro va mehnat intizomini hamda elektron navbat tizimini monitoring qilish maqsadida tashkil etilgan “Situatsion markaz” faoliyatini oʻrgandi.
Shuningdek, adliya boshqarmasining xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli farmonida belgilangan vazifalar, sunʼiy intellektni joriy etish va undan foydalanish orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarni sifat jihatidan yanada yaxshilash, fuqarolarga xushmuomalada boʻlish, oʻz ustida ishlash, bilim va malakalarini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Bu masalada barcha zarur imkoniyatlarni ishga solish, mavjudlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar muhokama etildi.
Asosiy maqsad fuqarolarga tezkor, qulay va shaffof davlat va huquqiy xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlib, muloqotda davlat xizmatlari, FHDY organi faoliyati va sohada yanada samaradorlikka erishish borasidagi taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.