Adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi
2024-11-14 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar va adliya organlari masʼul xodimlari, “mahalla yettiligi” aʼzolari hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari koʻrib chiqildi.
Shundan, davlat xizmatlari bilan bogʻliq 31 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 23 nafar fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.