Xorazm viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 2-nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha to'xtatildi
2024-11-13 09:50:00 / Vazirlik e'lonlari
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 152-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 12-noyabrdagi 15-sonli majlis bayonnomasiga asosan notarius A.Allaberganov (litsenziya HZ № 0046, 05.07.2022-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 16-noyabrdan 2 oy muddatga, notarius L.Xajieva (litsenziya HZ № 0041, 24.05.2021-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 13-noyabrdan 6 oy muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.