Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
2024-11-11 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Sizlarni 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.
Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi