Adliya vaziri oʻrinbosari Termiz tumanidagi Xalqaro savdo zonasida tashkil etilgan davlat xizmatlari filiali faoliyati bilan tanishdi
2024-11-07 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Surxondaryo viloyatidagi amalga oshirgan xizmat safari davomida Termiz tumanidagi “Airitom Free Zone” xalqaro savdo zonasida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda oʻzining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Xalqaro savdo zonasida tashkil etilgan davlat xizmatlari filiali xodimlari bilan uchrashib, ularga davlat xizmatlari sonini oshirish hamda sifatini yaxshilash boʻyicha kerakli koʻrsatmalar berdi.