📣 Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 16:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tadi.
2024-11-04 09:55:00 / Vazirlik e'lonlari
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.
Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma, “O‘zarxiv” va Personallashtirish agentligi, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.