Qonunchilik hujjatlari loyihalarni ishlab chiqishda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha vazirlik va idoralarga uslubiy yordam ko‘rsatildi
2024-10-12 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari
11-oktabr kuni Adliya vazirligi tomonidan loyiha ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar ishtirokida onlayn seminar tashkil qilindi. Tadbirda 270 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Seminarda Adliya vazirligi tashabbusi asosida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirilgani, qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda yangi tizim imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirilib, undan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, seminar davomida loyihalarni ishlab chiqish, kelishish, tartibga solish ta'sirini baholash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qiluvchi organlarga kiritish tartibi tushuntirildi. Vazirlik va idoralar vakillarining norma ijodkorligi jarayoni bilan bog‘liq savollariga Adliya vazirligi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.
Mazkur tizimdan foydalanish natijasida norma ijodkorligi jarayoni to‘liq raqamlashtirilishiga erishiladi hamda ushbu jarayondagi qog‘oz sarfiga barham beriladi.