Asosiy kontentga o'tish

Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 2 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha to'xtatildi

2024-09-17 13:00:00 / Vazirlik e'lonlari

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 6-sentabrdagi 11-son yig‘ilish qaroriga asosan

Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G.Umarova (litsenziya L-6642133, 19.12.2023-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 7-sentabr kunidan 1 oy muddatga,

Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Z.Pozilova (litsenziya AN 0012, 20.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani tugatish to‘g‘risida ma’muriy sudga ariza kiritish haqida qaror qabul qilinganligi sababli uning litsenziyasini amal qilishi va notarius maqomi 2024-yil 7-sentabr kunidan boshlab sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.

1