Asosiy kontentga o'tish

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

2024-09-13 16:45:00 / Vazirlik yangiliklari

 

Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Usmon Ashirmatovich Baratov 2024-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Usmon Baratov Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kompyuter tarmoqlari boʻyicha muhandis sifatida boshlagan. 2023-yildan boshlab esa boʻlim boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Usmon Baratov Adliya vazirligi faoliyatini raqamlashtirish sohasida oʻzining salmoqli hissasini qoʻshib kelmoqda. Xususan, mahallalarda onlayn davlat xizmatlaridan sodda va qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kiosklarni oʻrnatish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimida katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish dasturi (Qlik Sense) yaratilishida, boshqarmalarning raqamli pasporti va faoliyat arxitekturasini ishlab chiqishda, davlat xizmatlarini koʻrsatilishida Face-ID texnologiyasini joriy etishda sezilarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Usmon Baratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.