Asosiy kontentga o'tish

Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

2024-08-30 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan adliya tizimi xodimlaridan bir guruhi mukofotlanganligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida oʻz samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qoʻshib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 
 
 

137

Oxirgi yangilanish: 2024-09-05 17:48:04