Asosiy kontentga o'tish

Hududlarda aholi va tadbirkorlar muammolarini hal qilish samaradorligi tahlil qilinmoqda

2024-08-29 10:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurib, joylarda aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish, muammolarini aniqlash va hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni oʻrganmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Xoʻjaobod tumani, “Xidirsha” MFY misolida tahlil qilinib, masʼullarga kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”da “Avto Spring” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishilib, 40 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi hamda ularning muammo va takliflari masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

Xoʻjaobod tumanidagi “TURON TEX” Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Xoʻjaobod tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi hamda davlat arxivi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oʻrganilib, ularning xizmat koʻrsatish qulayliklarini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

 

71