Asosiy kontentga o'tish

Yoshlar bilan ishlash masalasi muhokama qilindi

2024-08-29 10:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 27-avgust kuni yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, jarayonlar holati muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev boshchiligida “Zoom” platformasi orqali oʻtkazilgan yigʻilishda Yoshlar ishlari agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya organlari, shu jumladan, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining masʼullari ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilish davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatma va takliflar bildirildi.

Yangi oʻquv yilida adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini oʻtkazib borish, huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish, yoshlarni huquqiy bilim olishga qiziqtirish boʻyicha amaliy tadbirlarni tashkil qilish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Yigʻilish yakunida vazirlikning tegishli boʻlinmalariga belgilangan vazifalarni qisqa muddatlarda va toʻliq amalga oshirish yuklatildi.

 

86