Asosiy kontentga o'tish

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Andijon viloyatida bo‘lib o'tdi

2024-08-21 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Xususan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash vа sotish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etishi va ularga chek qo‘yishi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan amalga oshiriladigan navbatdagi ishlar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

 

117