Asosiy kontentga o'tish

Gender tenglikka erishish strategiyasi va genderga oid xalqaro reyting va indekslarda republikaning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil qilindi

2024-06-28 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun Adliya vazirligi tomonidan 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va genderga oid xalqaro reyting va indekslarda republikaning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘quv seminar- treningi tashkil qilindi.

Tadbirda respublikamizdagi gender tengligini taʼminlashning huquqiy asoslari, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar, gender huquqiy ekspertiza jarayonlari, shuningdek xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy vasiyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

I. Gender tengligini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik yo‘nalishida

Gender tengligini taʼminlash sohasida milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda mazkur sohaga oid 40 dan ortiq qonun hujjatlari va muhim konseptual hujjatlar qabul qilindi.

Jumladan, xotin-qizlarga teng haq to‘lash kafolatlari va ularning ayrim sohalarda bandligi bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi. 2022-yil oktabr oyida qabul qilingan yangi Mehnat kodeksida ushbu qoidalar xalqaro standartlarga moslashtirildi.

Ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan, jumladan, jismoniy, ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilish uchun 2023 yil aprel oyida Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlar bilan bunday jinoyatlar uchun jazo kuchaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisining 2023-yil 21-iyuldagi 6-sonli Bayonnomasi bilan genderga oid audit o‘tkazishning huquqiy asoslari yaratildi. Gender auditining asosiy maqsadi ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan, integrallashgan gender yondashuviga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi kadrlar siyosatini amalga oshirish holatini o‘rganish va baholashdan iborat.

II. Xalqaro reyting va indekslarni yaxshilash yo‘nalishida

Islohotlar natijasida “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida O‘zbekistonning reytingi +11,9 ballga ko‘tarilib, 100 balldan 82,5 ballga yetdi. Bu O‘zbekistonning eng katta muvaffaqiyatga erishgan beshta davlat qatoriga kirishiga va Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etishiga yordam berdi.

​Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan Huquq ustuvorligi indeksining (Rule of Law Index) 2023 yil yakunlari bo‘yicha eʼlon qilingan navbatdagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston huquq ustuvorligi eng tez yaxshilanayotgan davlatlar qatorida qayd etilgan. 

​Jahon banki tomonidan tuziluvchi Boshqaruv sifati indikatorlarida (Worldwide governance indicators) O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari ham yil sayin yaxshilanib bormoqda. 

III. Xotin-qizlarga yana-da ko‘plab imtiyozlar yaratimoqda

– xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi;

– ayollarni pensiya yoshiga to‘lgani sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish taqiqlanadi;

– ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMgakirish uchun tavsiyanoma beriladi;

– “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln. so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin;

– “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlari ham bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi.

– og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi.

– homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llanilmaydi.

– rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki taʼminlanadi;

– xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz taʼlim krediti beriladi;

– davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt summalari davlat tomonidan qoplanadi. 

 
 

69