Asosiy kontentga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF‒80-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasidagi ASO

2024-05-27 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

I. Adliya vazirligining qo‘shimcha 4 tayangi faoliyat yo‘nalishlari belgilandi:

  • aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish;

  • joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

  • fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;

  • davlat organlariva mahallalarda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatib borish.

II. Adliya bo‘limlariga 6 ta yangi vazifa yuklatilmoqda:

  • aholi muammolarini o‘rganish va hal etish uchun har oyda mahallalarda Adliya kunitadbirlarini o‘tkazish;

Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatib boriladi

  • uyma-uy yurish va Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqish;

  • “Online-mahalla” platformasi orqali huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish;

  • aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini taʼminlash va ularga huquqiy tushuntirishlar berish;

  • yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilish;

  • tuman (shahar) tashkilotlari hamda mahalla idoralariga yagona huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatib borish.

III. Bosqichma-bosqich 135 ta tuman (shahar)da “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari tashkil qilinadi (73 ta tashkil etilgan).

IV. Aholining huquqiy ongini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazishni samarali tashkil qilishmaqsadida:

  • davlatorganlari va tashkilotlariga huquqiy axborotni yetkazish bo‘yicha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi ishga tushiriladi;

Tizim orqali davlat xizmatchilariga huquqiy axborotlar yetkaziladi, ularning qonunchilikdagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etishga hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflari qabul qilib olinadi.

  • “Mahalla huquqshunosi” loyihasijoriy qilinib, mahalla raislarining huquqiy bilim va ko‘nikmalari oshiriladi;

  • mahallalarda haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” o‘tkaziladi;

  • huquq fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy bilimlarini oshirish tizimi joriy qilinadi, maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlari joriy etiladi, “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;

  • aholiga dolzarb qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy maʼlumotlar to‘g‘risida ularning mobil qurilmalariga “SMS” xabarnomalar yuboriladi.

V. Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosidayoshlarda turli salbiy omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:

  • yoshlarda qonunlarga hurmat, mamlakatga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissi kuchaytiriladi;

  • yuridiktaʼlim muassasalari talabalari tomonidan yoshlar o‘rtasida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlari o‘tkazib boriladi;

  • yoshlarninghuquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabi tashkil etiladi.

VI. Adliya vazirligi har yili huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik taʼminlash bo‘yicha manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Bunda:

  • huquqni qo‘llashdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, “Lex.uz”ga joylashtirib boriladi;

  • davlat organlarining funksiyalari maqbullashtiriladi, ularga ichki hujjatlarining namunalari tayyorlab beriladi hamda xodimlarining malakasi oshirib boriladi.

VII. Yuridik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashadi. Bunda:

  • Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 4 ta malaka oshirish markazlari birlashtirilib, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilmoqda;

  • TDYUU hamda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida adliya faoliyati sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan taʼminlanadi;

  • huquqni qo‘llash sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish hamda huquqiy muammolarni joyiga chiqqan holda ilmiy tadqiq qilish tizimi joriy etiladi;

  • Namangan va Samarqandda yuridik litseylar tashkil etiladi;

  • 2 080 ta maktabda “Huquq sinfi” va huquq fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.

 

VIII. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi:

  • 13 ta davlat xizmatlari DXM va Yagona portal orqali ko‘rsatiladi, davlat xizmatlarining 11 tasi proaktiv, 7 tasi kompozit shaklga o‘tkaziladi;

  • xususiy sektor vakillariga 15 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish huquqi beriladi;

  • yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiyalashning Face-ID usuli qo‘llanilib, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilinadi;

  • yangi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini joriy etishdan avval ular eksperiment tariqasida maʼlum bir hududda aprobatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda eksperiment muddati 6 oygacha davom etadi hamda natijasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi yoki butun respublikada joriy etish yuzasidan Hukumatga taklif kiritiladi;

  • davlat organlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi noqonuniy maʼmuriy hujjatlarini sudgacha ko‘rib chiqish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi (2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulga qadar).

Vazirlik va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida apellyatsiya kengashlari tashkil qilinadi, ularga maʼmuriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjatlarni o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati beriladi.

IX. Vazirlikning “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi negizida Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti tashkil etilmoqda.

X. Intellektual mulk himoyacini taʼminlash maqsadida:

  • elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va maʼlumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalar DXM va Yagona portal orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;

  • intellektual mulk obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi;

  • Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilmoqda:

  • intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish;

  • kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yish va yo‘q qilish;

  • intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.

XI. Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan Aholining yagona reyestri shakllantirilishi va yuritilishi belgilanmoqda.

Reyestr O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarining yagona elektron bazasi hisoblanadi.

Davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda shaxsga taalluqli maʼlumotlar ushbu reyestrdan olinadi.

XII. Adliya vazirligi hamda “O‘zarxiv” agentligi tizimining tashkiliy tuzilmalari tasdiqlanmoqda.

XIII. Adliya organlari faoliyatini transformatsiya qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va norma ijodkorligini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (6 ta yo‘nalishdagi 36 ta chora-tadbir) tasdiqlanmoqda.

16 ta NHH loyihasi (jumladan 1 ta qonun, 6 ta Prezident qarori loyihasi) ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Xususan, notariat, sud ekspertiza, yuridik xizmat ko‘rsatish va arxiv ishi sohalarida hamda TDYUU faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarori loyihalari ishlab chiqiladi.

XIV. 28 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, shu jumladan 11 ta Farmon va 17 ta qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

413