Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-06-15 19:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Birinchi vitse-prezident - Bosh ilmiy kotib Shamansur Sagdullayev, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev ishtirok etdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar akademik aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, olimlar va yosh tadqiqotchilar almashinuvini faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda Qirgʻiziston tomonining Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Milliy fanlar akademiyalari rahbarlari muloqot platformasini taʼsis etish tashabbusi muhokama qilinib, mazkur yoʻnalishdagi hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv ikki mamlakat ilmiy muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

