Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupovga Yevroosiyo Milliy universitetining yubiley medali topshirildi
2026-05-22 18:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov Ostona shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetida ham bo‘ldi.
Tashrif davomida Shavkat Ayupov universitet faoliyati, ta’lim va ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda xalqaro hamkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, universitet rahbariyati va ilmiy jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqot jarayonida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda yosh olimlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar sohasida oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida akademik Shavkat Ayupovga universitetning 30 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan yubiley medali tantanali ravishda topshirildi.
Ma’lumot uchun: L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti Qozogʻistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet 1996-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda mintaqadagi nufuzli ilmiy-ta’lim markazlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Universitetda tabiiy fanlar, muhandislik, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari va boshqa koʻplab yoʻnalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.







