Germaniyaning “Duvenbeck” kompaniyasi bosh menejeri bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2024-01-17 09:15:00 / Yangiliklar
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Germaniyaning “Duvenbeck” kompaniyasi bosh menejeri Nils Gerdemann bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda dastlab vazir IT autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishda nemis kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlashdan mamnunligini bildirdi.
Shuningdek, IT Park imkoniyatlari, unda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda soliq imtiyozlari haqida ham qo‘shimcha axborotlar berib o‘tildi.
O‘z navbatida, yoshlarga BPOga o‘qitish hamda nemis tili ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish takliflari berildi.
Ma'lumot uchun, “Duvenbeck” Yevropaning jami sakkiz davlatida (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Ispaniya, Ruminiya, Slovakiya, Polshadan Chexiya) o‘zining 36 ta markaziga ega bo‘lib, transport va logistika xizmatlarining keng tarmog‘ini taqdim etib kelmoqda.