Yoshlar siyosati va sport vaziri FIDE prezidenti bilan uchrashdi
2023-12-27 15:45:00 / Yangiliklar
Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov hamda FIDE prezidenti Arkady Dvorkovich oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.

Muloqot davomida, mehmonlar tomonidan bugungi kunda shaxmat bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib borayotganligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, mehmonlar mamlakatimizda sohada olib borilayotgan davlat siyosati hamda Samarqandda tashkil etilgan Jahon chempionati yuqori saviyada o'tkazilayotganini taʼkidladilar.
Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ushbu soha bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish va kelgusi rejalar bo'yicha kelishib olindi.


