Asosiy kontentga o'tish

Qurilish normalari ekspertizasida yangi hamkorlik

2025-03-12 09:50:00 / Yangiliklar

Qurilish bu – jamiyat taraqqiyotining asosi, shaharlarning nafas olishi, insonlarning qulay hayot kechirishi uchun zarur infratuzilma. Shu bois ham sohadagi har bir o‘zgarish bevosita aholi farovonligiga ta’sir qiladi.

Shu ma’noda bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir Sh.Hidoyatov hamda O‘zbekiston Quruvchilar Assotsiatsiyasi  raisi M.Niyozmuhammedov o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Bu hujjat qurilish sohasida shaffoflikni oshirish, normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni takomillashtirish, jamoat nazorati hamda ekspertizasi mexanizmlarini kuchaytirish imkonini beradi.

Ushbu hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

qurilish va shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlarning amaliy ahamiyatini oshirish;

jamoatchilikni soha rivojiga faol jalb qilish, ularning soha rivojidagi roli va nazorat funksiyalarini kuchaytirish;

qurilish sohasining barqaror va samarali rivojlanishiga hissa qo‘shish.

Endi normativ-huquqiy va texnik hujjat loyihalari ekspertizasida O‘zbekiston Quruvchilar Assotsiatsiyasi bevosita ishtirok etadi.

141

Qurilish normalari ekspertizasida yangi hamkorlik