audio

    16+
    DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori boshchiligidagi delegatsiya IT-Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi

    27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni qirolligining DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Rajit Nanda boshchiligidagi delegatsiya IT-Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

    Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov hamrohlik qilib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirdi. 

    Bundan tashqari, tashrif chog‘ida O‘zbekistonda IT-sohasiga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, IT Park va Uzinfocom faoliyati bilan tanishtirildi. 

    Shuningdek, IT-ta’lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

    • view_icon 214