"Fadam Games" tashkiloti prezidenti bilan uchrashuv
2025-02-25 10:15:00 / Yangiliklar

Dastavval, mehmonlarga yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, aholi o'rtasida sportni ommalashtirish bo'yicha erishilayotgan yutuqlar to'g'risida ma'lumot berildi.
Tadbir davomida mazkur tashkilot bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, FADAM (Afrika jang san’atlari festivali) festivaliga 2017 yilda Dominik Saatenang tomonidan asos solingan. FADAM Afrika qit’asi yoshlariga o‘z iste’dodlarini namoyish etish va dunyoning eng yaxshi sportchilari bilan raqobatlashishga imkon berish maqsadida tashkil etilgan. U jang san'atining barcha yo‘nalishlarini bitta xalqaro tadbirda birlashtirgan musobaqa hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida tajriba almashish va hamkorlik aloqalarni yanada yaxshilash boʻyicha kelishib olindi.