Wizz Air aviakompaniyasi bosh direktori bilan parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi
2025-02-21 09:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistondan Yevropaga va O‘zbekiston orqali tranzit havo qatnovlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Yojef Varadi Wizz Air Abu-Dhabi kompaniyasi Toshkent – Abu-Dabi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni ko‘paytirish, Namangan va Urganch shaharlari bilan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini, shuningdek, O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etish istiqbollarini ma’lum qildi.
Transport vaziri I.Mahkamov Wizz Air aviakompaniyasiga O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qildi.