Alpac Capital kompaniyasi vakili bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
2025-02-20 14:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda soliq imtiyozlari, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, hamkorlikda IT ta’limni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, telekommunikatsiya sohasida kompaniya tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda ushbu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kelgusidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha masalalarini ko‘rib chiqdilar.