Samarqandda “Turkiy dunyo shaharsozlik qurultoyi” bo‘lib o‘tmoqda
2025-02-19 14:30:00 / Yangiliklar

Mazkur nufuzli anjuman “Turkiy dunyo muhandislari va arxitektorlar ittifoqi” tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi esa turkiy davlatlar o‘rtasida shaharsozlik, me’morchilik va qurilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Savdo-sanoat palatasi vakillari, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etmoqda.
Mazkur anjuman turkiy davlatlar o‘rtasida ilmiy, texnologik va amaliy tajriba almashinuvini kuchaytirish, shuningdek, mintaqaviy shaharsozlik loyihalarini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.