O‘zbekiston va Eron o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-01-31 09:50:00 / Yangiliklar
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.
Uchrashuvda raqamlashtirish jarayonidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va kompaniyalar o‘rtasidagi sheriklik mexanizmlari bo‘yicha takliflar almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama tashabbuslarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi IT hamkorlikda xizmat qilishi ta’kidlandi.