“Toyota Tshusho Corporation” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2023-10-10 09:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-sentabr kuni AQSHda “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish loyihasining 2-fazasi muhokama qilinib, unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK va “Toyota Tshusho Corporation” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Bugungi uchrashuvda ushbu memorandum ijrosini amalga oshirish, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, telekommunikatsiya transport tarmog‘ini kengaytirish, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, bulutli xizmatlarni kengaytirish, telekommunikatsiya xizmatlarini modirnizatsiya qilishda birgalikda ishlash bo‘yicha takliflar tinglandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston IT-sohasining investitsion istiqbollari, jumladan, mamlakatning IT va BPO sohasidagi qulay sarmoyaviy muhiti, shuningdek, Yaponiyaning IT va BPO korxonalari imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.


