O'zbekiston-Rossiya hamkorlik yig'ilishi
2024-12-10 10:10:00 / Yangiliklar
Sport vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya doirasida Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik boʻyicha quyi komissiyaning videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Mixail Degtyarev hamda quyi komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ikki davlat sportchilarining O‘zbekiston va Rossiyada o‘tkaziladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi, universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish, sport sinovlarini o'tkazish bo‘yicha tajriba almashish, “Kelajak o‘yinlari” xalqaro fidjital turnirini tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi.