Asosiy kontentga o'tish

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv

2023-09-25 11:50:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 22-sentabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Jahon bankining Adolatli o‘sish, Moliya va institutlar, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Asad Alam boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Ahadbek Haydarov, Jasur Qarshiboyev, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Markaziy Osiyo bo‘yicha dastur menejeri, yetakchi iqtisodchi Devid Nayt hamda boshqa mas’ul shaxslar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida sohaga investitsiyalarni jalb etish orqali istiqbolli moliyalashtirish loyihalari, jumladan, qishloq hududlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish, davlat korxonalarini o‘zgartirish va xususiylashtirish jarayonida Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq qo‘shma loyihalar va kelishuvlarni amalga oshirishning joriy holati muhokama qilindi. Shu jumladan, qashshoqlikka qarshi kurashish strategiyasini amalga oshirishning turli jihatlari, jumladan, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturlari ko‘rib chiqildi.

508

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv