Turkiya kompaniyalari O‘zbekistonda DXSh loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
2024-08-30 12:20:00 / Yangiliklar
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi yillarda DXSh loyihalari bo‘yicha hamkorlik yuqori sur’atlarda yuksalib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, O‘zbekistonda yangi DXSh loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 5-iyun kuni Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumida erishilgan kelishuvlar, ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: 2017–2023-yillarda Turkiya bilan savdo qilayotgan O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni 2 baravarga ko‘payib, qariyb 5200 tani tashkil qildi. Mazkur kompaniyalar energetika, qurilish, to‘qimachilik, turizm, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda faoliyat olib bormoqda.
Muhokamalar davomida kompaniya tomonidan pulli avtomobil yo‘llari va tonnellar qurish kabi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarga qiziqish bildirildi va tafsilotlar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida taklif etilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlikning aniq rejalari belgilab olindi. Loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro maslahatlashuvlarni yanada faollashtirishga kelishildi.