Istiqbolli rejalar muhokama qilindi
2024-08-26 14:00:00 / Yangiliklar
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Xalqaro aralash jang sanʼatlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun bilan uchrashdi.
Shuningdek, uchrashuvda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov ishtirok etdi.
Dastlab, Xalqaro aralash jang sanʼatlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida erishilgan natijalar bilan qutladi.
Uchrashuv davomida joriy yilda Oʻzbekistonda ilk bor aralash jang sanʼatlarining havaskorlar oʻrtasidagi Jahon chempionatini o'tkazish masalasi muhokama qilindi va tomonlar o'zlarining tashabbus va takliflarini bildirishdi.
Shuningdek, Kerrit Braun mamlakatimizda mazkur musobaqani o'tkazish va kelgusida ushbu an'anani saqlab qolish borasida o'z fikrlarini bildirdi.