BAA va O‘zbekiston fuqarolarining tijorat va fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam olish imkoniyatlari yanada kengayadi
2024-06-14 09:30:00 / Yangiliklar
Аdliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi BAAda ishchi tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida vazirlik tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish shartnomasi Amirliklar Adliya vazirligi mutaxassislari bilan takomillashtirildi hamda idoraviy kelishuv (parafirlash) jarayonlari yakunlandi.
Mazkur Hukumatlararo shartnomaning qabul qilinishi ikki davlat fuqarolarining fuqarolik va tijorat munosabatlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarini hal etish, sud hujjatlarini tan olish, dalillarni talab qilib olish kabi masalalarda huquqiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Abu Dabida adliya vaziri A.Toshqulov BAA adliya vaziri Abdulloh Al Nuaymi bilan uchrashdi.


