Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini Buyuk Britaniyaga ishga yuborish masalalari muhokama qilindi
2024-04-26 10:10:00 / Yangiliklar
Suhbat davomida tomonlar Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu taʼlim ekanini qayd etib, ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, shu jumladan, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kémeronning Toshkentga kuni kecha boʻlib oʻtgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun maqsadli tayyorlash muhokama qilindi.
Elchi joriy yildan boshlab Buyuk Britaniyaning “Chevening” taʼlim grantlari sonini Oʻzbekiston uchun ikki barobarga oshirilganini mamnuniyat bilan maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida Britaniya Kengashi bilan OTMlarda ta’lim sifatini oshirish va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha ikkita loyihani davom ettirish, Buyuk Britaniyaning “Pearson” ta’lim dasturini Oʻzbekistonda joriy qilish, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun maqsadli tayyorlash yuzasidan Britaniya tomonidan ish beruvchilar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.