Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi
2024-11-07 15:00:00 / Yangiliklar
Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turgʻunovning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Solijon Moʻminov Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining qarori bilan Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.