Yer osti suvlarini tadqiq qilish, ifloslanishdan saqlash va ulardan oqilona foydalanish haqida matbuot anjumani o‘tkazildi
2024-12-19 16:16:00 / Matbuot anjumanlari
2024-yil 19-dekabr kuni Milliy matbuot markazida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM hamda “O‘zbekgidrogeologiya” DM mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Yer osti suvlarini tadqiq qilish, ifloslanishdan saqlash va ulardan oqilona foydalanish mavzusida tashkil qilingan tadbirda spikerlar yer osti suvlaridan foydalanish boʻyicha moratoriy joriy etilgan hududlar, respublikadagi suv olish inshootlari hatlovdan oʻtkazilgani, bu boradagi chora-tadbirlar, “Oʻzbekgidrogeologiya” DM tomonidan amalga oshirilgan gidrogeologik ishlar, shuningdek “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DMda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, matbuot anjumanida ishtirokchilarni qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.