8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN SAMIMIY TABRIKLAYMIZ!
2024-03-08 / Voqealar taqvimi
Biz har gal olamning pokligi, inson kamoloti, umrning ziynati haqida gap ketganda, shubhasiz moʻtabar onalarimizni, goʻzal opa-singillarimizni koʻz oldimizga keltiramiz. Boisi ular qalblarimizda mehr-u muhabbat timsoli boʻlib muhrlangan. Shu maʼnoda bugun mamlakatimiz taraqqiyotida, sohalar rivojida Sizdek ayollarning hissasi beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib shu qutlugʻ ayyomda sizga chuqur hurmat-ehtiromimiz va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.