Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
2024-05-27 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar
Respublika ishchi guruhi, Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va viloyat "Suv taʼminoti" AJ xodimlarida tomonidan hududlar bo'ylab iste‘molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish hamda suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishini oldini olish maqsadida targ'ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda "Suv ta’minoti" AJ xodimlari tomonidan ham bu kabi nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning may oyi davomida Toshkent shahrida o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 27 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi, shundan 18 tasi ichimlik suv tarmog`iga noqonuniy ulangani, 9 ta holatda esa ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzgani ma'lum bo'ldi.
Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan jami 93,5 million so'mlik ma'muriy jarimalar rasmiylashtirildi hamda kamchiliklar mas'ullar boshchiligida joyida bartaraf etildi.