Ella Mayyarning “Jasorat va hamdardlik” retro-fotografiya ko‘rgazmasi
2024-05-31 17:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 15-mayidan 15-iyuniga qadar Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyida Ella Mayyarning “Jasorat va hamdardlik” nomli retro-fotografiya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur ko‘rgazmada 1932-yilda O‘zbekistonda bo‘lgan shveysariyalik fotorassom Ella Mayyarning 35 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.
Ushbu retro-fotografiya ko‘rgazmasi Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Bonum Factum”galereyasi rahbari Shahnoza Karimbaboyeva bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur ko‘chma ko‘rgazma avval Samarqand va Buxorodagi muzeylarda namoyish etilgan. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Ella Mayyar va uning hayot yo‘li haqidagi hujjatli film namoyishi ham rejalashtirilgan.